AsosiyJAMIYAT

Toshkentdagi kafelardan birida yong‘in chiqdi

Ayni paytda yongʻinning kelib chiqish sababi hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

'Toshkentdagi kafelardan birida yong‘in chiqdi'ning rasmi

Toshkent shahrining Mirobod tumanida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, hodisa kecha, 5 avgust kuni soat 07:03 da Mirobod tumani Abdurauf Fitrat ko‘chasidagi 2-uyda joylashgan kafening dudburonida yong‘in chiqqanligi haqidagi xabardan so‘ng aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 07:09 da yetib borgan. Yong‘in soat 07:12 da qurshab olingan va oradan bir daqiqa o‘tib, soat 07:13 da to‘liq bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Ayni paytda yong‘inning kelib chiqish sababi hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar