AsosiyJAMIYAT

Pokistonlik sobiq vazir Britaniyada qizlarni zo‘rlashda gumonlanib ushlandi

Gap 1990-yillarning boshlarida, Ahmad taxminan 30 yoshda bo‘lgan vaqtda, Manchesterdagi bolalar uylari tarbiyalanuvchilariga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar haqida bormoqda.

'Pokistonlik sobiq vazir Britaniyada qizlarni zo‘rlashda gumonlanib ushlandi'ning rasmi

Pokistonning sobiq davlat vaziri Ruxsor Ahmad Buyuk Britaniyada voyaga yetmagan qizlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik va odam savdosiga aloqadorlikda gumon qilinib, qo‘lga olindi. Bu haqda "The Guardian" xabar berdi.

62 yoshli siyosatchi 1990-yillarda Manchester shahrida sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan tergovga jalb qilingan. U nomusga tegish va bolalar savdosida ishtirok etganlikda gumon qilinmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Ahmad hozirda garov evaziga ozod qilingan bo‘lib, politsiya nazoratida qolmoqda. Shunga qaramay, u yaqinda Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif rahbarlik qiladigan partiyadan Ozod Jammu va Kashmir qonunchilik assambleyasi deputati etib saylangan.

Ta’kidlanishicha, Ruxsor Ahmad 2024 yil 18 iyul kuni Manchester aeroportida bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik ishi doirasida qo‘lga olingan. Tergovchilar uni kamida ikki nafar ayolning bolalik davrida zo‘ravonlikka uchragani va odam savdosiga jalb etilgani haqidagi arizalar asosida so‘roq qilgan.

Gap 1990-yillarning boshlarida, Ahmad taxminan 30 yoshda bo‘lgan vaqtda, Manchesterdagi bolalar uylari tarbiyalanuvchilariga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar haqida bormoqda.

Manchester politsiyasi unga Buyuk Britaniya hududidan chiqib ketishni taqiqlashga uringan, ammo 2024 yil iyul oyida sud uning garov shartlarini kuchaytirish talabini rad etgan.

2026 yil iyul oyida Ahmad politsiya bo‘limiga kelishi kerak edi. Biroq u "kasalligi sababli parvoz qila olmasligi"ni vaj qilgan. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda uning Pokiston shimolidagi Mirpur shahrida saylovoldi tadbirlarida ishtirok etayotgani aks etgan suratlar tarqalgan.

Agar u belgilangan muddatda politsiyaga kelmasa, huquq-tartibot idoralari uni hibsga olish uchun order berishi yoki ekstraditsiya jarayonini boshlashi mumkin.

Ruxsor Ahmad o‘ng markazchi Pokiston musulmon ligasi vakili hisoblanadi. U 2006–2021 yillar davomida Ozod Jammu va Kashmir hukumatida turli vazirlik lavozimlarida ishlagan.

Tergovchilarning ma’lum qilishicha, ular Ahmadning siyosiy faoliyati haqida faqat so‘roq jarayonida xabar topgan. U, shuningdek, Manchester shahridagi "Gujjar Palace" restorani egasi hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar

    Pokistonlik sobiq vazir Britaniyada qizlarni zo‘rlashda gumonlanib ushlandi - Darakchi.uz