AsosiyJAMIYAT

Yakkasaroy inspektori 13 yoshli bolani qutqardi

Toshkent shahrida Ichki ishlar organi xodimi cho‘kib ketayotgan 13 yoshli bolaning hayotini saqlab qoldi.

'Yakkasaroy inspektori 13 yoshli bolani qutqardi'ning rasmi

Ma'lum bo'lishicha, "Bo'rijar" kanalida cho'milayotgan Muhammad G'ayratning suvda qiynalayotganini ko'rgan Yakkasaroy tumani IIO FMB Post-patrul xizmati inspektori Rasul Jo'raev bir zum ham ikkilanmay suvga sakragan.

Inspektor tezkor harakat qilib, bolani suvdan olib chiqqan va unga zarur yordam ko'rsatgan. Hozirda 13 yoshli Muhammadning ahvoli yaxshi ekani ma'lum qilindi.

Rasul Jo'raevning bu jasorati inson hayotini asrash yo'lidagi haqiqiy fidoyilik namunasi bo'ldi.

    Boshqa yangiliklar