Bugun, 7 avgust kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug'bek tumani Qorasuv-6 dahasida joylashgan mebel ishlab chiqarish tsexida yong'in sodir bo'ldi.
Favqulodda vaziyatlar xizmati ma'lumotiga ko'ra, yong'in haqidagi xabar soat 10:01 da kelib tushgan. Voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan qutqaruvchilar yong'inni soat 10:15 da qurshab olib, 10:19 da to'liq bartaraf etgan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo'q.
Ayni paytda yong'inning kelib chiqish sababi hamda etkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






