AsosiyDUNYO

Turkiya Qora dengizda tijoriy kemalar harakatini chekladi.

Qora dengizda harbiy xavf oshishi ortidan kamida to'rtta yuk tashish kompaniyasi qo'shimcha xavf to'lovini joriy qilgan.

'Turkiya Qora dengizda tijoriy kemalar harakatini chekladi.'ning rasmi

Turkiya hukumati Qora dengizdagi keskinlik kuchayishi ortidan tijoriy kemalar harakatiga cheklovlar joriy qildi. Bu haqda Bloomberg manbalarga tayanib xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Novorossiysk tomon yo'l olgan ayrim kemalarga tranzit ruxsatnomalari hozircha berilmayapti. Shuningdek, Dardanel bo'g'ozi orqali o'tish uchun arizalarni ko'rib chiqish muddati ham uzaytirilgan.

Qora dengizda harbiy xavf oshishi ortidan kamida to'rtta yuk tashish kompaniyasi qo'shimcha xavf to'lovini joriy qilgan.

Bozor ishtirokchilari yuklarning bir qismi Gruziya, Ozarbayjon va Eron orqali quruqlik yo'nalishlariga burilishi mumkinligini bildirmoqda. Biroq Novorossiysk asosan Qora va O'rta yer dengizidagi mahalliy bozorlarga xizmat ko'rsatgani sababli yuklarning katta qismi boshqa yo'nalishlarga ko'chirilishi kutilmayapti.

    Boshqa yangiliklar