AsosiyDUNYO

Eron AQShdan kompensatsiya kutmoqda

Eron Hormuz bo‘g‘ozi orqali kemalar qatnovini qayta tiklash uchun AQShdan kompensatsiya talab qilmoqda.

'Eron AQShdan kompensatsiya kutmoqda'ning rasmi

Eron Hormuz bo‘g‘ozi orqali kemalar qatnovini qayta tiklash uchun AQShdan kompensatsiya talab qilmoqda. Bu haqda xorijiy manbalarga tayanib Zamon.uz xabar berdi.

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchining maʼlum qilishicha, Tehron va Ummon bo‘g‘oz orqali kemalar harakati bo‘yicha vaqtinchalik kelishuvga yaqin. Biroq bu kelishuv Hormuzning to‘liq ochilishini anglatmaydi.

Taklif etilayotgan tartibga ko‘ra, tijoriy kemalar bo‘g‘ozga Eron hududiy suvlari orqali kirib, Ummon hududiy suvlari orqali chiqadi. Vaqtinchalik yo‘nalish ikki oydan to‘rt oygacha amal qilishi mumkin.

Aroqchining taʼkidlashicha, Eron AQShdan tinchlik kelishuvini buzgani uchun kompensatsiya kutib qolmoqda.

    Boshqa yangiliklar