2026 yil 1 sentyabrdan brutto-shartnoma asosida ishlovchi barcha shahar avtobuslarida yo‘lkira to‘lash qoidalari qat’iylashtiriladi.
Yangi tartibga ko‘ra, yo‘lovchilar avtobusga chiqishi bilan yo‘l haqini to‘lashi shart. To‘lovni transport yoki ijtimoiy karta, bank kartasi, smartfon va boshqa kontaktsiz usullar orqali amalga oshirish mumkin.
Yo‘l haqini to‘lamagan yoki imtiyozini tasdiqlamagan yo‘lovchi chiptasiz deb hisoblanadi va jarimaga tortilishi mumkin.






