O‘zbekistonning rasmiy xalqaro zaxiralari 2026 yil 1 avgust holatiga 64,3 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Yil boshida zaxiralar 66,3 milliard dollar bo‘lgan. Iyul oyi boshida esa 63,76 milliard dollarga teng edi. Shu tariqa, bir oyda zaxiralar 0,72 foizga oshgan, yil boshiga nisbatan esa 4,52 foizga kamaygan.
Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlari 7,4 milliard dollardan 7,6 milliard dollarga oshdi. Naqd valyuta va depozitlar hajmi esa 4,58 milliard dollardan 5,9 milliard dollarga yetdi.
Qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishidagi aktivlar aksincha, 2,8 milliard dollardan 1,7 milliard dollarga kamaygan.
Zaxiralar tarkibidagi oltin qiymati ham oshdi. Iyul oyidagi 55,7 milliard dollarlik ko‘rsatkich 1 avgustga kelib 56,1 milliard dollarga yetgan. Biroq oltinning sof hajmi 13,9 million dollardan 13,8 million dollarga tushgan.
Shuningdek, SDR hajmi 556,7 million dollardan 572,4 million dollarga oshgan. Rasmiy zaxiralardan tashqari xorijiy valyutadagi boshqa aktivlar esa 102,6 million dollardan 196,3 million dollarga ko‘paygan.
Markaziy bankka ko‘ra, iyul oyida yalpi xalqaro zaxiralar 0,59 milliard dollarga oshgan. Bunda oltin narxining 4016,70 dollardan 4052,20 dollarga ko‘tarilishi 0,49 milliard dollarlik ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.






