Tailand poytaxti Bangkokdan shimolda joylashgan Nonthaburi provinsiyasidagi o‘rta maktab hududida sodir bo‘lgan otishma oqibatida halok bo‘lganlar soni 9 nafarga yetdi. Bu haqda Thairath xabar berdi.
Qurbonlar orasida hujum qilgan 14 yoshli o‘smirning o‘zi ham bor. Undan tashqari, politsiya uning bobosi va buvisini ham otib o‘ldirilganlar qatoriga kiritgan.
Hodisa oqibatida jami 23 kishi jarohatlangan. Ulardan 13 nafari hanuz davolanmoqda.
Shifokorlar harakatiga qaramay, og‘ir jarohat olgan 12 yoshli o‘quvchi qiz shifoxonada vafot etgan.
7 avgust kuni 14 yoshli qurollangan o‘smir maktabda o‘q otib, besh nafar o‘qituvchini o‘ldirgan. Shundan so‘ng u o‘z joniga qasd qilgan.






