AsosiyJAMIYAT

Sirdaryoda Captiva va yuk mashinasi to‘qnashib, 3 kishi halok bo‘ldi.

YTH oqibatida Captiva haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan.

'Sirdaryoda Captiva va yuk mashinasi to‘qnashib, 3 kishi halok bo‘ldi.'ning rasmi

Sirdaryo viloyati Xovos tumanida Captiva va Shacman rusumli transport vositalari ishtirokida og‘ir YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Sirdaryo YHXB xabar berdi.

Hodisa 9 avgust kuni soat 10:30 atrofida M-34 avtomobil yo‘lining Toshkent—Dushanbe yo‘nalishi 125-kilometridagi qayrilib olish qismida yuz bergan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Shacman qayrilib olayotganda o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanayotgan Captiva bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida Captiva haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar