Yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Janubiy Koreyaga ishga jo‘natishni va’da qilib, fuqarodan 5 900 AQSh dollari olgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Departamentning Angren shahar bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Undа fuqaro N.M. fuqaro X.A.ning ishonchiga kirib, go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali uni Janubiy Koreyaga ishga jo‘natishini va’da qilgan.
N.M. va’dasi evaziga 5 900 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28 va 211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.






