Namangan shahrida fuqarolarni yoshga doir nafaqaga chiqarib berish va nafaqa miqdorini oshirishni va'da qilgan mutaxassis ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Departamentning Namangan shahri bo'limi xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi Namangan shahar bo'limi bosh mutaxassisi J.A. ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tergov ma'lumotlariga ko'ra, u ikki nafar fuqaroni yoshga doir nafaqaga chiqarish va nafaqa pullarini oshirib berishni va'da qilgan. Evaziga 200 AQSh dollari va 4,8 million so'mni firibgarlik yo'li bilan olgan vaqtda qo'lga olingan.






