AsosiyDUNYO

Fransiyada 420 kishi o‘rmon yong‘inlarini keltirib chiqarganlikda gumonlanmoqda.

Qayd etilishicha, Fransiyada joriy yil Ikkinchi jahon urushi tugaganidan beri eng katta talafot keltirgan o‘rmon yong‘inlari kuzatilmoqda.

'Fransiyada 420 kishi o‘rmon yong‘inlarini keltirib chiqarganlikda gumonlanmoqda.'ning rasmi

Fransiyada o‘rmon yong‘inlarini keltirib chiqarganlikda gumon qilingan 420 kishi hibsga olindi. Biroq ularning barchasi yong‘inlarni qasddan sodir etgani hali tasdiqlanmagan. Bu haqda BBC xabar berdi.

Qayd etilishicha, Fransiyada joriy yil Ikkinchi jahon urushi tugaganidan beri eng katta talafot keltirgan o‘rmon yong‘inlari kuzatilmoqda. Yong‘inlar oqibatida mamlakatda 300 ming akrdan, ya’ni 121 ming gektardan ortiq hudud zarar ko‘rgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 420 kishi yong‘inlarni qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida keltirib chiqarganlikda gumon qilinmoqda. Ular orasida 166 nafar voyaga etmagan shaxs ham bor.

Ayrim hollarda gumonlanuvchilarga nisbatan qattiq choralar ko‘rilgan.

Masalan, Fransiyaning janubi-sharqidagi Var departamentida 23 yoshli erkak besh kun davomida 10 ta yong‘inni ataylab sodir etganlikda gumonlanmoqda. Agar uning aybi sudda isbotlansa, u 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi va 150 ming yevrogacha jarimaga tortilishi mumkin.

image

Vogezlar hududida esa o‘rmonda uchta yong‘in chiqarganlikda ayblangan shaxs 3 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Shu bilan birga, ayrim advokatlar yong‘inlar bilan bog‘liq ishlarda hibsga olishlar soni haddan tashqari ko‘p ekanini ta’kidlamoqda.

Mutaxassislar Fransiyadagi o‘rmon yong‘inlarining aksariyati inson omili bilan bog‘liq ekanini qayd etmoqda. Qurilish ishlari, nosoz elektr jihozlari, sigareta qoldiqlari va barbekyular yong‘in kelib chiqishining ehtimoliy sabablari sifatida ko‘rsatilmoqda.

Shuningdek, mamlakatda havo haroratining yuqoriligi, qurg‘oqchilik va kuchli shamollar yong‘inlarning tez tarqalishiga sharoit yaratmoqda. Mutaxassislar iqlim o‘zgarishi tufayli bunday ekstremal hodisalar xavfi ortib borayotganini ta’kidlamoqda.

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron esa hozir tanqid qilish vaqti emasligini bildirdi.

“Biz iqlim o‘zgarishining yangi sharoitlariga moslashishimiz va o‘rmonlarni qayta tiklash yondashuvimizni o‘zgartirishimiz kerak. Olingan saboqlarni qayta ko‘rib chiqish vaqti keladi”, degan Makron.

    Boshqa yangiliklar