AsosiyJAMIYAT

“Navbahor” O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosini o‘z safiga qo‘shib oldi

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

'“Navbahor” O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosini o‘z safiga qo‘shib oldi'ning rasmi

Namanganning “Navbahor” futbol klubi O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Muhammadqodir Hamraliev bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

27 yoshli futbolchi “Navbahor” safiga Toshkentning “Paxtakor” klubidan kelib qo‘shildi. Hamralievning namanganliklar bilan tuzgan shartnomasi shartlari ochiqlanmagan.

Muhammadqodir Hamraliev faoliyati davomida Samarqandning “Dinamo”, Toshkentning “Olimpik” va “Paxtakor” jamoalarida to‘p tepgan.

U 2023 yildan buyon O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi hisoblanadi. Shuningdek, futbolchi 2021–2024 yillarda O‘zbekiston U-23 terma jamoasi tarkibida ham maydonga tushgan.

Shu tariqa, “Navbahor” tarkibida yana bir O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi paydo bo‘ldi.

    Boshqa yangiliklar