Toshkent shahrining ikki tumanida qariyb 4 kun davomida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgazta’minot” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Yangihayot tumanidagi “Tashabbus” MFY va Sergeli 5A mavzesida joylashgan eski gaz taqsimlash punkti hamda hududdagi yer osti gaz quvurini almashtirish ishlari amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan 12 avgust soat 08:00 dan 15 avgust soat 17:00 ga qadar Yangihayot va Sergeli tumanlaridagi qator iste’molchilarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Yangihayot tumanidagi “Yo‘ldosh”, “Mash’al”, “Olchazor”, “Xushnud”, “Navqiron”, “Yorqin hayot”, “Charog‘on”, “Chorbog‘”, “Viqor”, “Al-Farg‘oniy”, “Do‘stlik”, “Iqbol”, “Toshkent”, “Fayzli” va “Chortoq” MFYlaridagi yerli xonadonlar, ko‘p qavatli uylar hamda ulgurji iste’molchilarda gaz bo‘lmaydi.
Sergeli tumanida esa “Mehrigiyo”, “O‘zgarish”, “Habibiy”, “Madadkor”, “Ziynat”, “Ezgulik”, “Yangi Sergeli”, “Sohibqiron”, “Sofdil”, “So‘g‘diyona”, “Ittifoq”, “Nilufar”, “Saxovat”, “Qipchoq”, “Qut-baraka” va “Daryo bo‘yi” MFYlaridagi yerli xonadonlar, ko‘p qavatli uylar hamda ulgurji iste’molchilar gaz ta’minotidan vaqtincha uziladi.






