AsosiyJAMIYAT

Temuriylar merosi 3D animatsiyada: xorij muzeylaridagi 50 ta tarixiy ashyo raqamlashtiriladi

Xorijiy muzeylarda saqlanayotgan Temuriylar davriga oid 50 ta tarixiy ashyo 3D formatda raqamlashtiriladi.

'Temuriylar merosi 3D animatsiyada: xorij muzeylaridagi 50 ta tarixiy ashyo raqamlashtiriladi'ning rasmi

Loyiha doirasida tarixiy buyumlarning raqamli nusxalari yaratilib, ularning ilmiy va madaniy ahamiyati keng jamoatchilikka zamonaviy texnologiyalar orqali taqdim etiladi.

Raqamlashtiriladigan eksponatlar orasida Temuriylar davriga oid noyob tarixiy ashyolar hamda madaniy meros namunalari bo‘lishi kutilmoqda.

Mutaxassislar mazkur loyiha orqali xorijda saqlanayotgan Temuriylar merosini O‘zbekiston auditoriyasi uchun yanada yaqinlashtirish, tarixiy buyumlarning raqamli arxivini shakllantirish va ularni kelgusi avlodlar uchun saqlash imkoniyati yaratilishini ta’kidlamoqda.

Shuningdek, 3D texnologiyalardan foydalanish muzey eksponatlarini virtual muhitda namoyish etish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq qilish imkonini beradi.

    Boshqa yangiliklar