AsosiyJAMIYAT

Toshkentda elektr simi uzilib, yo‘lovchi avtobusi ustiga tushdi

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

'Toshkentda elektr simi uzilib, yo‘lovchi avtobusi ustiga tushdi'ning rasmi

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida elektr simi uzilib, yo‘lovchi avtobusi ustiga tushdi. Hodisa 11 avgust kuni soat 19:13 da Gulsara ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Toshkent shahar hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, elektr tarmog‘ida qisqa tutashuv yuzaga kelishi simning uzilishiga sabab bo‘lgan.

Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari, elektr tarmoqlarining avariyaviy brigadasi va boshqa xizmatlar zudlik bilan yetib borgan.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Avtobus va boshqa transport vositalari ham zarar ko‘rmagan.

Elektr tarmog‘idagi nosozlik to‘liq bartaraf etilgan.

    Boshqa yangiliklar