2026/2027 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari — mandat natijalari e’lon qilindi.
Abiturientlar o‘z natijalarini quyidagi usullar orqali tekshirishi mumkin:
— my.uzbmb.uz saytida pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqami orqali;
— mandat.uzbmb.uz saytida abiturientning ID raqami orqali;
— test natijalari qaydnomasi orqali.
Ushbu qaydnoma oliy ta’lim muassasalarining qabul komissiyalariga taqdim etiladi.
Natijalarini tekshirish uchun abiturientdan shaxsiy ma’lumotlarini kiritish talab etiladi.






