39 yoshli angliyalik hujumchi Jeymi Vardi faoliyatini Braziliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda transferlar bo‘yicha jurnalist Fabritsio Romano ma’lum qildi.
Romano ma’lumotiga ko‘ra, Braziliyaning "San-Paulu" klubi Jeymi Vardi bilan bog‘lanib, unga erkin agent sifatida jamoaga qo‘shilishni taklif qilgan.
Ayni vaqtda tajribali hujumchi bir nechta taklifni ko‘rib chiqmoqda. Vardining kelajagi bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.
Jeymi Vardi 2012 yildan 2025 yilgacha "Lester Siti" sharafini himoya qildi. U klub bilan Angliya Premyer-ligasi, Angliya Kubogi va Angliya Superkubogida g‘olib bo‘ldi.
2025/2026 yilgi mavsumni esa angliyalik futbolchi Italiya A Seriyasi vakili "Kremoneze" tarkibida o‘tkazdi.
Agar Vardi "San-Paulu" bilan shartnoma imzolasa, u faoliyatida ilk bor Braziliya chempionatida to‘p tepadi.






