AsosiyJAMIYAT

Mirziyoyev tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotni boshlaydi

Qayd etilishicha, tadbirkorlar bilan ochiq muloqot Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazib kelinayotgan muhim muloqot maydonlaridan biri hisoblanadi.

'Mirziyoyev tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotni boshlaydi'ning rasmi

Bugun, 18 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti bo‘lib o‘tadi. Unda biznes vakillari bilan mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish, hududlarda biznes imkoniyatlarini kengaytirish va eksport salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilinadi.

Ma’lum qilinishicha, tadbirda 500 nafarga yaqin tadbirkor bevosita ishtirok etadi. Ilk bor tumanlarda tashkil etilgan studiyalar orqali yana qariyb 25 ming nafar biznes vakili muloqotda ishtirok etadi.

Ochiq muloqot davomida tadbirkorlik uchun barqaror o‘sish traektoriyasini ta’minlash, hududlarda biznes imkoniyatlarini kengaytirish va yangi investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan tashabbuslar ilgari surilishi kutilmoqda.

Shuningdek, “sun’iy intellekt – boshqaruv samaradorligi – yangi investitsiyalar” ekotizimini yaratish, eksport salohiyatini oshirish hamda milliy brendlarni tashqi bozorlarga olib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Muloqotda biznesga nisbatan ma’muriy bosimni keskin kamaytirish bo‘yicha ham muhim tashabbuslar bildirilishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar