AsosiyJAMIYAT

Sergelida yer ostidagi elektr kabellari qisqa tutashuvi sodir bo‘ldi.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida ma'lumot kelib tushmagan.

'Sergelida yer ostidagi elektr kabellari qisqa tutashuvi sodir bo‘ldi.'ning rasmi

19 avgust kuni soat 21:11 da Toshkent shahrining Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko‘chasida joylashgan ochiq maydonda elektr kabellari yonayotgani haqida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, qutqaruv texnikasi zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.

Hodisa joyida yer ostida joylashgan elektr kabellarida qisqa tutashuv sodir bo‘lgani aniqlangan.

    Boshqa yangiliklar