AsosiyDUNYO

Roberto Karlos Islom dinini qabul qilgani haqidagi xabarlarni rad etdi

Braziliya futboli afsonasi Roberto Karlosning Islom dinini qabul qilgani haqida tarqalgan xabarlar haqiqat emas.

'Roberto Karlos Islom dinini qabul qilgani haqidagi xabarlarni rad etdi'ning rasmi

Sobiq futbolchi bu haqda Saudiya Arabistonining "Okaz" nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Roberto Karlos Islom dinini hurmat qilishini ta'kidlagan. Shu bilan birga, uning musulmon bo'lgani haqidagi xabarlarni rad etgan.

"Men Islom dinini juda hurmat qilaman. Ayolimning namoz o'qiyotganini ko'rish juda chiroyli. Ammo men Islomni qabul qilganim haqida tarqalayotgan mish-mishlar haqiqat emas", — dedi futbolchi.

Karlos nikoh marosimi bir nechta diniy an'analar asosida o'tkazilganini ham tushuntirdi. Uning oilasi katolik bo'lgani sababli ular uchun shu dinga mos marosim tashkil etilgan. Turmush o'rtog'i va uning musulmon do'stlari uchun esa Islom an'analariga mos marosim o'tkazilgan.

Aynan nikohdagi mazkur holat Roberto Karlos Islom dinini qabul qilgani haqidagi mish-mishlarning keng tarqalishiga sabab bo'lgan.

    Boshqa yangiliklar