AsosiyJAMIYAT

OTMlarda yangi o‘quv yili qaysi sanadan boshlanishi aytildi

Ma'lum qilinishicha, yangi o'quv yilida akademik litsey va texnikumlarda darslar 2 sentyabr kuni boshlanadi.

'OTMlarda yangi o‘quv yili qaysi sanadan boshlanishi aytildi'ning rasmi

2026-2027 o'quv yilida akademik litsey, texnikum va oliy ta'lim tashkilotlarida o'quv jarayonlari qaysi sanadan boshlanishi ma'lum qilindi. Bu haqda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, yangi o'quv yilida akademik litsey va texnikumlarda darslar 2 sentyabr kuni boshlanadi.

Oliy ta'lim tashkilotlarida esa o'quv jarayonlari talabalar bosqichiga qarab turli sanalarda start oladi.

Unga ko'ra:

— 1-bosqich talabalari uchun — 7 sentyabrdan;

— 2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14 sentyabrdan o'quv jarayonlari boshlanadi.

Shu tariqa, 2026/2027 o'quv yilida akademik litsey va texnikum o'quvchilari 2 sentyabrdan, OTMning 1-bosqich talabalari 7 sentyabrdan, 2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari esa 14 sentyabrdan o'qishni boshlaydi.

    Boshqa yangiliklar

    OTMlarda yangi o‘quv yili qaysi sanadan boshlanishi aytildi - Darakchi.uz