AQShning Los-Anjeles shtatida “Oltin globus” kinofestivali bo`lib o`tgani haqida xabar bergan edik. Mazkur kinofestivalda ishtirok etgan yagona o`zbekistonlik mashhur inson Lola Karimova-Tillaeva bo`ldi.
Mazkur festivalga Lola Karimova turmush o`rtog`i Temur Tillaev bilan birga tashrif buyurdi.
Bu haqda u o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma`lum qildi.
“Turmush o`rtog`im bilan kecha Los-Andjelesda bo`lib o`tgan "Oltin Globus" kinofestivalida”, — deb yozdi Lola Karimova Temur Tillaev bilan tushgan suratini izohlab.
Ma`lumotlarga ko`ra, Lola Karimova nufuzli festivalda dizayner Tom Ford libosida namoyon bo`lgan.