AsosiyDunyo
4231

Pokistonda mashinaning g`alati tarzda ta`mirlanishi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini hayratga soldi (Video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Pokistonda avtomobilning g`alati tarzda ta`mirlanishi ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarini hayratga soldi, deb xabar berdi “Tengrinews.kz” nashri.

Foydalanuvchilar eski mashina uchun bunday “yo`lovchi”ning nima keragi borligi haqida bosh qotirdilar. 

Videoda yo`lda yurib ketayotgan avtomobilning ochiq kapotiga o`tirib olib, qandaydir texnik ishlarni bajarayotgan odam aks etgan. Izoh beruvchilar kapotdagi odamning nima ish qilayotgani haqida turli taxminlarni ilgari surdi. Bundan tashqari, kapot old oynasini to`sib qo`ygan avtomashina haydovchisi uni ko`r-ko`rona qanday boshqarayotgani ham foydalanuvchilarning hayratiga sabab bo`ldi.

Ba`zilar ochiq kapot ichidagi odam karbyuratorni tuzatyapti desa, ba`zi foydalanuvchilar esa u benzonasos uzatmasi ishdan chiqqani uchun yoqilg`ini qo`lda tortib, haydayapti degan taxminlarni bildirgan.

Boshqa yangiliklar