AsosiyJamiyat

O`zbekistonning yangi fuqarolariga pasportlar topshirildi

2016 yilning 20 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to`g`risida”gi farmoni imzolandi.

Mazkur farmonga ko`ra, Toshkent shahar hokimligi binosida 18 yanvar kuni fuqarolikka qabul qilingan Ulugbek Tashmetov, Ilxam Tursunov hamda Nargiza Tursunovalarga fuqarolik pasportlarini tantanali topshirish marosimi o`tkazildi.

Pasportlarni shahar hokimi Rahmonbek Usmanov topshirdi, deya xabar beradi Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati.   

Ulug`bek Tashmetov bundan 24 yil avval qo`shni davlatdan O`zbekistonga ko`chib kelgan va o`tgan davr mobaynida tadbirkorlik bilan shug`ullanib, poytaxtimiz yoshlarining tashabbuskor, intiluvchan vakillaridan biriga aylanib ham ulgurgan edi. Ammo uning O`zbekiston fuqarosi emasligi  uzoq yillar davomida ushalmay kelayotgan armoni edi.

“Men shu paytgacha shu yurt uchun qancha xizmat qilgan bo`lsam, endi u mening haqiqiy vatanim, ona yurtim bo`ldi. Mening yurtim taraqqiyotiga qo`shajak mehnatim yana o`n chandon oshishiga so`z beraman”, - deydi u faxr bilan.

Eslatib o`tamiz, Prezident farmoniga muvofiq, 179 nafar shaxsning arizalari qanoatlantirilib, ular O`zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingandi.

    Boshqa yangiliklar