AsosiyDunyo

Donald va Melaniya Tramp balda raqsga tushdi (Video)

AQSh prezidenti Donald Tramp va birinchi xonimi Melaniya Tramplar 20 yanvar kuni inauguras...

AQSh prezidenti Donald Tramp va birinchi xonimi Melaniya Tramplar 20 yanvar kuni inaugurasiyadan so`ng o`tkazilgan Ozodlik balida ilk marotaba  Oq uy egalari sifatida raqsga tushishdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

“Biz bu ishga qo`l urganimizda, mening, bizning hech qanday imkoniyatimiz yo`qligini ta`kidlashdi. Ammo biz g`alabaga ishondik va unga erishdik! Bugun juda ulug` kun!”, dedi Tramp zaldagi mehmonlarga qarab.

Birinchi xonimning eksklyuziv modeldagi libosini  dizayner Erve Per Melaniya ishtirokida yaratdi. Prezident rafiqasi bilan Frenk Sinatrning “Mening yo`lim” musiqasiga raqsga tushdi. Ularga prezident o`rinbosari Mayk Pens rafiqasi bilan va har ikki oilaning farzandlari qo`shildi.

Boshqa yangiliklar