AsosiyJamiyat

​EXHT vakili Jon Makgregor: “Media-haftalik O`zbekistonning ayni siyosiy hayotida muhim ahamiyatga ega”

'​EXHT vakili Jon Makgregor: “Media-haftalik O`zbekistonning ayni siyosiy hayotida muhim ahamiyatga ega” 'ning rasmi

Bugun, 23 yanvar poytaxtdagi International Hotel Tashkent mehmonxonasida 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag`ishlangan media-haftalik start olgani haqida xabar bergan edik.

Media-haftalikda ekspert va jurnalistlar jamoatchiligi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat tashkiloti vakillari, taniqli shaxslar ishtirok etmoqda.

Xususan, Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O`zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon Makgregor media-haftalik haqida quyidagi fikrlarni bildirib o`tdi:

“2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag`ishlangan media-haftalikning tashkil etilishi quvonarli hol. Shaxsan o`zim mazkur haftalik O`zbekistonning bugungi siyosiy hayotida muhim ahamiyatga ega deb bilaman. O`zbekistonni rivojlantirishning beshta ustovor yo`nali Harakatlar strategiyasi loyihasi keng jamoatchilik tomonidan muhokama etilishini ham tahsinga sazovor deb aytish mumkin”.

Boshqa yangiliklar