O`zbekistonlik tennischi Denis Istomin Australian Open–2017 musobaqasining nimchorak finalida bolgariyalik tennischi, dunyoning 15-raketkasi Grigor Dimitrovga qarshi bahs olib bordi.
Afsuski, ushbu o`yinda Istomin 6:2, 6:7, 2:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berdi. Aytish kerakki, ushbu o`yinning 2-setida Istomin oyog`idan jarohat oldi va bu bellashuv natijasiga o`z ta`sirini o`tkazdi.
Shunga qaramay, Denis Istomin musobaqada munosib ishtirok etib, jahonning 2-raketkasi Novak Jokovich va 30-raketka Pablo Butsani mag`lub etishga muvaffaq bo`lgandi.
Ma`lumot uchun, musobaqaning nimchorak finaliga qadar etib kelgan hamyurtimiz 90 reyting ochkosi va 150 ming evroga ega bo`ladi.






