24 yanvar kuni “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi muhokamasi bo`yicha fuqarolardan 518 ta izoh kelib tushdi.
Mazkur hujjat mamlakatimizning kelgusi besh yillik islohotlarining muhim platformasi bo`ladi. Davlatimiz rahbarining Farmoni loyihasi keng muhokamalar uchun Regulation.Gov.Uz portalida ochiq turibdi. Unga istalgan kishi o`zining taklif va mulohazalarini yozib qoldirishi mumkin.
Saytdagi statistikaga ko`ra, hozirga qadar 43 ta taklif ko`rib chiqilgan bo`lib, shulardan 18 tasi qabul qilingan va 25 tasi rad etilgan.
Ta`kidlash joizki, Portalga nafaqat izoh qoldirish, balki izohingiz ko`rib chiqish uchun qabul qilinganligi yoki nima sababdan rad etilganligiga sharhlarni ham ko`rish mumkin.
Eslatib o`tamiz, ushbu kunlarda Farmon loyihasining muhokamasiga bag`ishlangan Media-kunlar ham tashkil etilgan.






