AsosiyJamiyat

​Toshkentda Navro`z bayrami arafasida yana bir madaniyat maskani foydalanishga topshiriladi

'​Toshkentda Navro`z bayrami arafasida yana bir madaniyat maskani foydalanishga topshiriladi'ning rasmi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug`bek tumanida yangi madaniyat va istirohat bog`i barpo etiladigan bo`ldi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati.

Toshkent shahar hokimining tegishli qaroriga muvofiq, tumanning O`zbekiston ovozi ko`chasi yo`nalishining oxirgi qismida joylashgan, sobiq Toshkent hayvonot bog`i hududida 12 gektar maydonda yangi madaniyat va istirohat bog`ini bunyod etish ishlari boshlandi. Hududda barpo etilayotgan dam olish maskani mavzedagi aholining sevimli istirohat manziliga aylanishi mo`ljallanmoqda.

Investorlar bog` hududini butunlay yangicha loyihaga asosan olib boriladigan bunyodkorlik ishlariga tayyorlashmoqda. Bog`da turli attraksionlar, savdo va ovqatlanish shohobchalari, sayr qilish uchun yo`laklar, suhbatlashish uchun o`rindiqlar o`rnatish ko`zda tutilmoqda.

Loyiha mualliflari hududdagi yashil zonalar hamda o`simlik dunyosiga zarar etkazmaslikni e`tiborga olishgan. Madaniyat va istirohat bog`ining Navro`z bayrami arafasida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Boshqa yangiliklar