O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modiga va do`st hind xalqiga Andxra-Pradesh va Orissa shtatlari chegarasida yuz bergan temir yo`l halokati oqibatida ko`plab insonlarning nobud bo`lganligi munosabati bilan chuqur ta`ziya izhor etdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlat rahbari o`z maktubida qurbon bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va dalda so`zlarini etkazib qo`yishni so`radi.






