Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga 2016 yilda 52 turdagi yangi interaktiv xizmat joriy qilingan. Natijada, ularning umumiy soni 300 dan oshdi.
Davlat organlari tomonidan aholi va tadbirkorlik subektlariga 945 mingdan ziyod xizmatlar ko`rsatildi. Shuningdek, yig`ilishda aksariyat xizmatlarning foydalilik va interaktivlilik darajasi etarli emasligi aytildi.
Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligining 2016 yildagi faoliyati sarhisobi, axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirishning borishi, istiqboldagi vazifa hamda loyihalarni belgilashga bag`ishlangan Hay`at majlisida ta`kidlandi.






