​Andijonning “O`zbegim” savdo markazida ayol bolasini eskalatordan pastga tushirib yubordi (Video)

Jamiyat 24.01.2017, 16:09
Teglar: Video, Fojia, Bola, Ona va bola
​Andijonning “O`zbegim” savdo markazida ayol bolasini eskalatordan pastga tushirib yubordi (Video)

Andijonning “O`zbegim” savdo markazida bola ko`targan ayolning eskalatorda qoqilib ketib, bolasini pastga tushirib yuborgani aks etgan to`rt soniyali videorolik foydalanuvchilar tomonidan Facebook ijtimoiy tarmog`iga joylashtirildi, deb xabar berdi “Nuz.uz” nashri.

Videorolikda uzun ko`ylakli, bola ko`tarib olgan ayolning eskalator zinasida qoqilib ketib, qo`lidagi bolasini pastga tushirib yuborgani aks etgan.

Andijon aholisi haqiqatan ham mazkur baxtsiz hodisa “O`zbegim” savdo markazida bir necha kun ilgari ro`y berganini ta`kidlashdi. Ammo videorolik kecha, 23 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirildi. Bola to`rt qavatli bino balandligidan, erto`ladagi kafel ustiga tushdi. Uning hayotini saqlab qolishning iloji bo`lmadi.

Mazkur video ikki guruhga bo`lingan Facebook foydalanuvchilari orasida qizg`in bahs-munoazaralarga sabab bo`ldi.

Birinchi guruh fojiada ayolni ayblagan. Bolaning halok bo`lishiga uning uzun ko`ylak kiyib, etagiga chalishganini, oqibatda muvozanatni yo`qotib, bolani pastga tushirib yuborganligini sabab qilib ko`rsatishgan. Videoda ayol bir qo`liga bola ko`targani, ikkinchi qo`li bilan eskalatordan pastga yurib tushmoqchi bo`layotgan ikkinchi bolasining qo`lini ushlamoqchi bo`lgani aks etgan. Foydalanuvchilar bunday holatda ayol tavakkal qilib, eskalatordan emas, zamonaviy savdo markazlarida mavjud bo`lgan liftdan foydalanishi zarur bo`lganligini ta`kidlashdi.

Ikkinchi guruhdagi foydalanuvchilar esa baxtsiz hodisaga eskalatorning noqulayligini, yo`lovchilar xavfsizligining ta`minlanmaganligini vaj qilib ko`rsatdi. “Eskalatorning yon tomoniga albatta to`siq o`rnatib, uning tutqichlarini balandroq ko`tarish kerak”, deb maslahat berdi foydalanuvchilardan biri. Ular foydalanuvchilarni boshiga shunday og`ir musibat tushgan onani muhokama qilmaslikka chaqirgan.

Mazkur voqeaga oydinlik kiritish so`ralgan “O`zbegim” savdo markazi ma`muriyati fojiaga izoh berishni istamadi.

Har qanday sharoitda ham mazkur fojiada kim haq, kim nohaqligini muhokama qilishdan endi foyda yo`q. Bunday baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida, savdo markazlaridagi xodimlarning fuqarolar xavfsizligini ta`minlashga, eskalator harakatini nazoratga olishga jiddiyroq munosabatda bo`lishlarini istaymiz. Onalar esa farzandlariga tahdid soluvchi xavf-xatarni to`g`ri baholab, diqqat-e`tiborli va mas`uliyatli bo`lishlarini so`raymiz.


Sharhlar

⚡Chorvoqdan odam suyaklari topildi

28.03.2023, 08:58

27 mart kuni telegram-kanallarda Chorvoq suv omborida suv sathining pasayishi oqibatida yuzaga chiqib qolgan odam suyaklari aks etgan video tarqaldi. Video mualliflari tomonidan ushbu suyaklar bu...
Istanbulda turk erkak o`zi bilan birga yashab kelgan o`zbekistonlik 40 yoshli ayolni o`ldirib, bo`laklarga bo`lib, muzlatkichga solib qo`ydi (vieo)

24.03.2023, 19:56

Bahchelievlerda o`zi bilan birga yashagan 40 yoshli O`zbekiston fuqarosi Umida To`laganovani tosh bilan o`ldirib, jasadini bo`laklab, so`ng muzlatgichga qo`ygan 61 yoshli Riza Beler qo`lga olindi....
Istanbulda o`zbekistonlik erkak rashk sabab ayolni pichoqlab o`ldirdi (video)

15.03.2023, 12:05

Istanbulning Esenyurt tumanidagi turar joy kiraverishida o`zbekistonlik ayol rashk tufayli sevgilisi tomonidan avval kaltaklandi, keyin esa pichoqlandi. Og`ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga etkazilgan ayol vafot...
Toshkentdagi 91-maktabda trenddagi qo`shiqqa video olgan direktor va o`rinbosarlar ogohlantirildi (video)

14.03.2023, 13:50

Yakkasaroy tumanidagi 91-maktabda direktor va uning o`rinbosarlari mashhur "Za dengi da" qo`shig`iga qalbaki dollar sochgan holda olgan hazilomuz videosi tarqaldi. Holat yuzasidan Yakkasaroy tuman hokimligi munosabat bildirdi.  Ma`lum...