Yagona portalda O`zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati o`z interaktiv xizmatlarini taqdim eta boshladi.
Mazkur imkoniyat so`zsiz fuqarolar va tadbirkorlik subektlariga o`z muammolarini ortiqcha byurokratik to`siqlarni chetlab o`tgan holda tez va sifatli hal etishlariga yordam beradi. Ushbu imkoniyatning amalga oshirilishi mamlakatimizda “Elektron hukumat” tizimini shakllantirishda qo`yilgan muhim qadamlardan biridir.