Prezidentimiz tashabbusi bilan O`zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portaliga keng muhokama uchun joylangan 2017-2021 yillarda O`zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi loyihasida Toshkentda ro`yxatdan o`tmagan va chet el fuqarolariga Toshkent va Toshkent viloyatidan uy xarid qilish imkoni taklif etilishi ko`rib chiqilmoqda.
Loyihada O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga yangi qurilgan uylardan sotib olish bo`yicha aniq qoidalar belgilash taklif etildi. Bunda uning narxi eng kam ish xaqining 2 ming baravar miqdoridan kam bo`lmasligi, shuningdek uyni xarid qilayotganda, uning narxidan 5-10 foiz davlat boji to`lanishi o`rnatiladi.
Huddi shunday shartlarda norezidentlar ya`ni chet el fuqarolari ham uy xarid qilishlari mumkin, ammo uyning narxi 100 ming AQSh dollardan kam bo`lmasligi shart.
Aytish joizki, O`zbekistonni rivojlantirish Harakatlar strategiyasi loyihasi ayni damda muhokamada. U o`zgartirilishi, to`ldirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.