AsosiyJamiyat

​Toshkent hayvonot bog`ida ilk marta qora oqqush bolaladi(Foto)

'​Toshkent hayvonot bog`ida ilk marta qora oqqush bolaladi(Foto)  'ning rasmi

Yangi yilning ilk kunlarida Toshkent hayvonot bog`idagi qora oqqushlar bolaladi. Bu haqda hayvonot bog`ining Facebook`dagi rasmiy sahifasi xabar bermoqda.

“Bir necha kun mobaynida ketma-ket ravishda 5 ta jo`jachalar ochib chiqa boshladi. Ular hozir ota-onalarining g`amxo`rligi va ishonchli himoyasi ostidadir”,—deyiladi hayvonot bog`ining Facebook`dagi rasmiy sahifasida.


Qayd etish joizki, bu Toshkent hayvonot bog`idagi qora oqqushlarning bolalashiga oid birinchi muvaffaqiyatli tajriba hisoblanadi. O`tgan yillari ham qora oqqush tuxumidan qush ko`paytirish sinab ko`rilgan, biroq sinov muvaffaqiyatsiz yakunlangan edi.

Toshkent hayvonot bog`ida, shuningdek, to`tiqushlarning bir necha turi va lama bolalagan.

Boshqa yangiliklar