AsosiyJamiyat

​Toshkent shahar mutasaddi rahbarlari Mirobod tumani tadbirkorlari bilan uchrashuv o`tkazdi

'​Toshkent shahar mutasaddi rahbarlari Mirobod tumani tadbirkorlari bilan uchrashuv o`tkazdi'ning rasmi

26 yanvar kuni Toshkent shahar mutasaddi rahbarlari Mirobod tumani tadbirkorlari bilan uchrashuv o`tkazdi. Mazkur tadbirda Toshkent shahar hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik masalalari bo`yicha o`rinbosari Nozim Husanov, Toshkent shahar prokurori, adliya katta maslahatchisi Botir Qudratxo`jaev, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig`i Muzaffar Pardaev, Mirobod tuman hokimi Sharofiddin Qodirov va tumanning barcha tadbirkorlari ishtirok etishdi. Uchrashuvni Toshkent shahar hokimining o`rinbosari Nozim Husanov kirish so`zi bilan ochib, uchrashuvdan asosiy maqsad O`zbekiston respublikasi prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi PF № 4848 sonli “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta`minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoni ijrosini bajarish uchun kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini ta`minlash, xususiy mulkni himoya qilish va uning daxlsizligi, kafolatlarining huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash, tadbirkorlikni rivojlantirish yo`lidagi byurokratik to`siqlarni bartaraf etish, respublikada investisiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash ekanligini aytib o`tdi.

So`zga chiqqan Toshkent shahar prokurori, adliya katta maslahatchisi Botir Qudratxo`jaev bundan buyon davlat organlari, eng avvalo, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi tuzilmalar tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi tamoyilining so`zsiz amalga oshirilishini ta`minlash bilan shug`ullanishi, endi ular nafaqat “qoralovchi” balki tadbirkorlarning himoyachisi bo`lishi, har bir tadbirkor uchun prokurorning eshigi ochiqligi, bemalol murojaat qilishi mumkinligi haqida gapirdi.

Toshkent shahar Soliq boshqarmasi boshlig`i Muzaffar Pardaev ilgari soliq idorasi xodimi muvofiqlashtiruvchi kengashning ruxsati bilan istagan tashkilotni tekshirish huquqiga ega bo`lganligini, 2017 yilning 1 yanvaridan beri bunday rejali va rejasiz tekshiruvlar bilan birorta tadbirkor bezovta qilinmagani, hukumatimiz tomonidan tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imtiyozlar to`g`risida ma`lumot berdi.

Uchrashuv so`ngida tadbirkorlar o`zlarini qiziqtirgan konvertasiya, kredit olish, lokalizasiya, naqd pul masalasi haqidagi savollar bilan mutasaddilarga murojaat qilib, kerakli javoblarni olishdi. Savol bilan murojaat qilgan har bir tadbirkor haqida rahbarlar kerakli ma`lumotlarni olib, ularning muammolarini hal etishni uchrashuvda ishtirok etayotgan tegishli tashkilot rahbarlariga yukladi.

Boshqa yangiliklar