1

​Yangi aeroport qurilishi sababli 1400 oila ko`chiriladi

Jamiyat 27.01.2017, 14:53
Teglar: Aeroport, Toshkent
​Yangi aeroport qurilishi sababli 1400 oila ko`chiriladi

Poytaxtimizda yangi (“Toshkent-4”)yo`lovchi terminali qurilishi munosabati bilan aeroportga yondosh hududni ko`chirishga to`g`ri keldi.

Bu haqda matbuot anjumani davomida “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasining departament direktori Anton Xodjayan ma`lumot berdi.

Uning so`zlariga ko`ra, 500 ta uyda yashaydigan qariyb 1400 oila ko`chiriladi. Ularni ko`chirish va ularni uy-joy bilan ta`minlash masalalari bilan Toshkent shahar hokimiyati shug`ullanadi. Mazkur ishlar amalga oshirilish muddatlari haqida hech qanday ma`lumotlar berilmayapti.

Aytish joizki, maydoni 86,94 ming kvadrat metrga teng bo`lgan, “Toshkent-2” o`rnini egallaydigan “Toshkent-4” aeroporti har yili 5,7 million yo`lovchiga xizmat ko`rsatish imkoniga ega bo`ladi.

Koreya Respublikasi tomonidan moliyalashtiriladigan mazkur loyihaning dastlabki qiymati 336,4 mln AQSh dollarni tashkil etadi.

Sharhlar

Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Toshkentda pod`ezdda qizga tegajog`lik qilgan yigit ushlandi (video)

06.09.2023, 10:12

Kecha, 4 sentyabr kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug`bek tumanida noma`lum shaxs pod`ezdga kirib ketayotgan qizga hujum qilgani haqida xabar qilingan edi. Ayni paytda Toshkent shahar IIB...
Toshkentda yomg`ir sabab xonadonlarning balkonlari qulab tushdi (video va foto)

03.04.2023, 10:05

Kecha, 2 aprel kuni Toshkent shahrida kuchli yomg`ir yog`ishi oqibatida turli suv toshqinlari yuzaga keldi. Ma`lum qilinishicha, poytaxtda bir necha soat ichida oylik yog`inning uchdan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1