AsosiyShou-biznes

​Sardor Rahimxon leykoz bilan og`riganlarga tuya suti ichishni tavsiya qildi

'​Sardor Rahimxon leykoz bilan og`riganlarga tuya suti ichishni tavsiya qildi'ning rasmi

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sardor Rahimxon o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga leykoz(oq qon) kasalligi bilan og`rigan bemorlarga tuya suti davo bo`lishini ma`lum qildi.

“Rahmatli otajonimga shu narsani ichirolmagandim, ko`ngillari bo`lmagandi. Ko`pchilikka aytsam, shunchaki ‘ha’, deb qo`yishardi. Vaholanki, bu haqiqat. Leykoz(oq qon), saraton kasalligiga chalingan yaqinlarimizga million-millionga kimyoviy dorilar olib beramiz, operasiya qildiramiz. Lekin, Hadisda ham keltirilgan tuya sutining davosini tan olmaymiz. Azizlar, mobodo yaqinlaringiz kasal bo`lsa, shuni ayting, videoni ko`rsating. Astoydil ixlos bilan ichsa, davo bo`ladi”, deb yozadi Sardor Rahimxon tuya sutining davosi aks etgan videoni izohlab.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar