AsosiyJamiyat

​Toshkentda bosqinchilik jinoyati fosh etildi

'​Toshkentda bosqinchilik jinoyati fosh etildi'ning rasmi

Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani IIBga 34 yoshli fuqaro murojaat qilib, tunda Olmachi ko`chasida uch nafar noma`lum shaxs unga tig`li jism bilan tan jarohati etkazib, “Samsung” mobil telefonini tortib olib, voqea joyidan yashirinishganini ma`lum qilgan.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu bosqinchilik jinoyatini Toshkent viloyatida yashovchi 23, 24 va 27 yoshli 3 nafar shaxslar sodir etganligi fosh etildi va ular qo`lga olindilar.

Mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati

Boshqa yangiliklar