AsosiyJamiyat

​Bugun "E`tirof” mukofoti sovrindorlari aniqlanadi

'​Bugun "E`tirof” mukofoti sovrindorlari aniqlanadi'ning rasmi

Bugun, 14 fevral kuni Madaniyat va sport ishlari vazirligi taklifi bilan madaniyat, san`at, sport va ijodiyot sohasida “E`tirof” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi o`tkaziladi.

“E`tirof” mukofoti “Teatr, kino va ommaviy tomoshalar”, "Estrada, an`anaviy, opera xonandaligi, musiqa ijrochiligi va raqs san`ati”, "Tasviriy va amaliy san`at”, “Badiiy ijod, jurnalistika va televidenie”, "Sport”, “E`tibor, ehtirom, e`zoz” kabi yo`nalishlar bo`yicha o`tkaziladi.

“E`tirof” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi 14 fevral kuni "Istiqlol” san`at saroyida soat 18:00 da boshlanadi.

Mazkur marosimdan reportajni Darakchi.uz’da to`g`ridan-to`g`ri kuzatishingiz mumkin.

Boshqa yangiliklar