AsosiyJamiyat

​“E`tirof” taqdirlash marosimi boshlandi

'​“E`tirof” taqdirlash marosimi boshlandi'ning rasmi

Bugun, 14 fevral kuni poytaxtdagi “Istiqlol” san`at saroyida “E`tirof-2016” taqdirlash marosimi bo`lib o`tmoqda. Bir necha daqiqa avval taqdirlash marosimi boshlandi.

Taqdimot marosimida O`zbekiston san`ati, madaniyati va sportining taniqli vakillari, OAV hamda ekspertlar ishtirok etmoqda.

Marosimni Uchqun Tillaev, Dildora Rustamova, Mashhurbek va Shahzoda Muhammedovalar ochib berishdi. Haydarali Qayumov, Shuhrat Rizaev, Ayub Shahobiddinov, Feruza To`raxo`jaeva, Ramz Usmonov, Hilol Nasimov, Akmal Nuriddinov, Javlon Umarbekov, Sobir Raxmatov, To`lagan Tojixo`jaev, Valeriy Evgenev, Anvar Obidjon, Usmon Azim, Arslon Eshmurodov, Murod Aliev, Ravshan Ermatov, Dalmas Urazimbetovlardan iborat ekspertlar guruhi “E`tirof-2016” taqdirlash marosimining g`oliblarini aniqlash uchun sahna ortidan joy olishdi. Ularning g`oliblarni aniqlash jarayoni sahnadagi monitorda aks etadi.

Taqdirlash marosimini “Durdona” guruhi qo`shiqlari bilan ochib berdi. Sahnaga “Tantana” bolalar guruhi va Hosila Rahimova taklif etildi.

Bizni kuzaishda davom eting. “E`tirof” taqdirlash marosimining natijalari bilan birinchi bo`lib “Darakchi.uz” da tanishing.

Boshqa yangiliklar