Bugun, 14 fevral kuni poytaxtdagi “Istiqlol” san`at saroyida “E`tirof-2016” taqdirlash marosimi bo`lib o`tmoqda.
Marosimda tasviriy va amaliy san`at vakillari taqdirlandi.
Unga ko`ra,
Mirzaahmedov Hakim Karimovich “Yilning eng yaxshi rassomi”,
Zokirov Rahmatilla Xusanovich “Yilning eng moxir hunarmandi”,
Norxo`rozov Qurbon “Yilning eng yaxshi haykaltaroshi”,
Kamola Aqilova Boltaboevna “Yilning eng yaxshi san`atshunosi” deb topildi.
G`oliblarga diplom va statuetkani taniqli rassom Akmal Nur va Farhod Toshmuhammedovlar topshirdi.
Taqdimot marosimi davom etmoqda.