1

​Yilning eng yaxshi filmi, aktyori va rejissyori aniqlandi

Jamiyat 14.02.2017, 20:34
Teglar: E`tirof - 2016, Farhod Maxmudov
​Yilning eng yaxshi filmi, aktyori va rejissyori aniqlandi

“E`tirof-2016” taqdirlash marosimi qizg`in ravishda davom etmoqda. Rayhon Ulasenova va Adiz Rajabov boshlovchilik vazifasini bajarmoqda.

O`zbekiston xalq artisti Yodgor Sa`diev teatr, kino va ommaviy tomoshalar yo`nalishlari bo`yicha g`oliblarni e`lon qildi. Ularga “E`tirof-2016” statuetkasi va diplomni esa O`zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova topshirdi.


“Yilning eng yaxshi spektakli” —“Mirzo Ulug`bek” spektakli Samarqand musiqali drama teatri.

“Yilning eng yaxshi teatr aktyori”—Saidov Tohir Samandarovich,

“Yilning eng yaxshi teatr aktrisasi”—Abduolimova Dilorom Vohidovna,

“Yilning eng yaxshi teatr rejissyori”—Salimov Olimjon,

“Yilning eng yaxshi dramaturgi”—Xoshimov Nabijon,

“Yilning eng yaxshi sahna rassomi”—Chernov Sergey,

“Yilning eng yaxshi kinofilmi”—“Baron” badiiy filmi,

“Yilning eng yaxshi kinoaktyori”—Abdullaev Farhod Badalovich,

“Chet mamlakatlardagi eng yaxshi film aktyori”—Maxmudov Farhod,

“Yilning eng yaxshi kinoaktrisasi”—Rahimjonova Ilmira Risqalievna,

“Yilning eng yaxshi kinorejissyori”—Sagdiev Rustam Mirhamidovich,

“Yilning eng yaxshi kinossenaristi”—Zulfiqor Musoqov,

“Yilning eng yaxshi kinooperatori”—Murodov Rustam Saidmalikovich,

“Yilning eng yaxshi sirk aktrisasi”—Yunusova Anjelika Ilinichna,

“Yilning eng yaxshi teatr rejissyori” nomiga sazovor bo`lgan Olimjon Salimov ijodiy safarda bo`lgani bois, mukofotni uning o`rniga O`zbek milliy akademik teatri rahbari Fathulla Mas`udov qabul qilib oldi.

“Yilning eng yaxshi kinofilmi” yo`nalishi g`olibini “O`zbekkino” agentligi direktori Otabek Musaev e`lon qildi. Unga ko`ra “Baron” filmi “Yilning eng yaxshi filmi” bo`ldi. Mukofotni olishga sahnaga Farhod Maxmudov, Javohir Zokirov va Rustam Sa`diev chiqdi.


Rustam Sa`diev ustozi Shuhrat Abbosovga minnatdorchilik bildirdi.

“Yilning eng yaxshi kinoaktyori”—Farhod Abdullaevga mukofotni Gulbahor Yo`ldosheva topshirdi.

“Yilning eng yaxshi aktrisasi” nominasiyasi g`olibini Rustam Sa`diev aniqladi.

Rustam Sa`diev shuningdek, “Yilning eng yaxshi rejissyori” nominasiyasi g`olibi ham bo`ldi. Bugungi taqdimot marosimida u ikkinchi mukofotni qo`lga kiritdi.

Yilning eng yaxshi kinooperatori Rustam Murodov ijodiy safarda bo`lgani sababli uning mukofotini Otabek Musaev opshirishni o`z zimmasiga oldi.

Sharhlar

​Farhod Mahmudov Rustam Sa`dievning yangi filmida suratga tushmoqda(Foto)

04.07.2017, 14:20

Rejissyor Rustam Sa`diev yangi film suratga olmoqda. Blokbaster janrida suratga olinayotgan filmning ishchi nomi “Merosxo`r”.Filmda bosh rollardan birini “Baron” filmi yulduzi, Farhod Mahmudov talqin etmoqda....
“Baron” filmi yulduzi oilasi asoschilarining yubileyini nishonladi(Foto)

15.05.2017, 16:04

“Baron” filmidagi ijrosi bilan o`zbekistonlik kinoixlosmandlarning sevimli aktyorlaridan biriga aylangan Farhod Mahmudov xonadonida quvonchli kun. 14 may kuni taniqli aktyorning ota-onasi Raviya va Bahodir Maxmudovlarning...
​Rustam Sa`diev: “Baron”ni Yurtboshimiz tomosha qilgani biz uchun katta baxt!

20.02.2017, 12:11

“E`tirof-2016” taqdimot marosimida “Yilning eng yaxshi kinorejissyori” nominasiyasi sovrindori, taniqli rejissyor Rustam Sa`diev jurnalist Jasur Hamroev bilan suhbatda “Baron” filmini Prezident Shavkat Mirziyoev tomosha qilgani...
​«E`tirof – 2016» 49 nominasiya bo`yicha g`oliblarni aniqladi

15.02.2017, 11:26

14 fevral kuni «Istiqlol» san`at saroyida madaniyat, san`at, badiiy ijod, jurnalistika va sport sohalarida salmoqli yutuq va muvaffaqiyatlarga erishgan bir guruh ijodkorlar va sportchilarni «E`tirof...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1