“Istiqlol” san`at saroyida o`tkazilayotgan “E`tirof-2016” taqdirlash marosimidan onlayn reportajimizni davom ettiramiz. Boshlovchilik vazifasi Sardor Rahimxon va Yulduz Rajabovaga topshirildi.
Estrada va an`anaviy ijrochilik yo`nalishi bo`yicha g`oliblarni aniqlash uchun sahnaga maxsus vakil sifatida Ramz Usmonov sahnaga taklif qilindi.
Shunday qilib, musiqa va san`at yo`nalishida eng yaxshilar quyidagilar bo`ldi:
“Yilning eng yaxshi raqs ijrochisi”—Dilnoza Ortiqova,
“Yilning eng yaxshi bastakori”—Zokirov Shuhrat Rixsivaevich,
“Yilning eng yaxshi musiqa sayqalchisi”—Abdullaev Farhod,
“Yilning eng yaxshi erkak estrada xonandasi”—Shohruh Yo`ldoshev(Shohruhxon)
“Yilning eng yaxshi ayol estrada xonandasi”—Musaeva Zilola Bahodirovna(Shahzoda)
“Yilning eng faol guruhi”—“Surxon” guruhi,
“Yilning eng yaxshi an`anaviy qo`shiqlar erkak xonandasi” –Yahyo va Muhsimjon Mo`minovlar,
“Yilning eng yaxshi an`anaviy qo`shiqlar ayol xonandasi”—Rozumova Rohila Abdikarimovna,
“Yilning eng yaxshi opera xonandasi”—Mirzakamalov Rahim Ibragimovich,
“Yilning eng yaxshi musiqa ijrochisi”—Matanov Ikrom,
“Yilning eng yaxshi baletmeysteri”—Mo`minov Qodir Toshkenovich,
“Yilning eng yaxshi raqs ijrochisi”—Kenjabaev Sherzod Alievich.