AsosiyDunyo

​Xodimlarining xohlagan joyda dam olishi uchun 2000 dollar pul to`laydigan kompaniya

'​Xodimlarining xohlagan joyda dam olishi uchun 2000 dollar pul to`laydigan kompaniya 'ning rasmi

Aksariyat korxonalarda o`zini ishga bag`ishlagan odamlarni ko`plab uchratish mumkin. Ular “Men ishdan qolsam, ish to`xtab qoladi”, degan fikrda iloji boricha dam olish kunlarini ham ishxonada o`tkazishadi. Steel House marketing kompaniyasining direktori bo`lgan Mark Duglas (Mark Douglas) ham aynan shunday muammoga duch keldi. U xodimlariga istagan vaqtlarida mehnat ta`tiliga chiqishlari mumkinligini aytganda, ular boshliqlariga nima deb javob qaytarishni bilmay, elka qisishdi.

Shunda Markning xayoliga xodimlarining o`zlari istagan joyda dam olishlari uchun mablag` ajratish fikri keldi. U xodimi mehnat ta`tilini ko`ngilli o`tkazishi uchun 2000 dollar ajratishni, ammo bu pullarni uning qo`liga bermasdan faqat dam olishi uchun sarflashni maqsad qildi. Boshqacha aytganda, xodim yilda bir marta kompaniya hisobidan xohlagan joyga borib dam olishi uchun mablag` ajratib, mehnat ta`tiliga chiqayotgan odam uni dam olish uchun to`liq yoki bo`lib-bo`lib ishlatishini yo`lga qo`ydi. Pulning sarflanishi yuzasidan Mark qat`iy qarorga kelgan, u xodimlariga “Men sizning mehnat ta`tilida sayohatga chiqib, ko`ngilli dam olishingizni istayman”, deb, pulni faqat dam olish uchun sarflashni talab qiladi.


Mazkur g`oya tezda o`z samarasini ko`rsatdi. So`nggi uch yil mobaynida uning kompaniyasida mehnat qiluvchi 250 nafar xodimning atigi beshtasi ishga bog`liq bo`lmagan sabablar bilan ishdan bo`shagan. Bunday “bonusli” mehnat ta`tilidan keyin xodimlar ishga xushkayfiyatda, yangi kuch bilan qaytishi va samarali mehnat qilishi ma`lum bo`ldi.

Mark Duglas boshqa kompaniyalar ham uning ish tajribasidan foydalansa, foydadan xoli bo`lmasligiga ishonadi. U mazkur g`oya kimgadir qo`rqinchli tuyulishi mumkinligini, aslida esa bu pullar bilan kompaniya qashshoqlashib qolmasligini ta`kidladi.

“Xodimlarga siz uch hafta mehnat ta`tiliga chiqdingiz, degandan ko`ra, sizning ko`ngilli dam olishingiz uchun 2000 dollar ajratildi, agar undan foydalanmasangiz kuyib ketishi mumkin, deyish boshqa gap. Bu xodimlarning dam olishi, sog`ligi kompaniya uchun naqadar muhim ekanligidan dalolat beradi” deydi Mark.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar