Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani IIBga pensioner ariza bilan murojaat qilib, kechasi noma`lum shaxslar uyiga kirib, mehmonxonasidan 800 AQSh dollari, o`n ikki million so`m puli va uch turdagi sariq metalldan yasalgan uzuklarini o`g`irlab ketishganini ma`lum qilgan. Ushbu holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ichki ishlar xodimlari tomonidan jabrlanuvchi va guvohlar bilan surishtiruv ishlari olib borildi. Tergov harakatlari va tezkor-qidiruv tadbirlari jarayonida o`g`irlikni shu tumanda yashovchi 26 yoshli yigit uy qulfini buzish yo`li bilan ochib kirib, sodir etganligi aniqlandi va qo`lga olindi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.






