O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev aprel oyining boshida Rossiyaga tashrif buyuradi.
Bu haqda Rossiya delegasiyasining Toshkentdagi hukumatlararo komissiyasidagi manbasi ma`lum qildi, deb yozadi RIA «Novosti».
«O`zbekiston Prezidentining tashrifi aprelning dastlabki dekadasiga rejalashtirilgan. Bu tahminan oyning 5-sanasiga mo`ljallangan, hozircha aniq emas», — deydi u.
U shuningdek 15 fevral kuni komissiya yig`ilishi doirasida bo`lg`usi tashrif muhokama qilinishi haqida ma`lumot berdi.
Ta`kidlash joizki, ikki rahbarning muhokama uchun asosiy mavzusi energetika, qishloq xo`jalik mahsulotlarini etkazib berish, harbiy-texnik hamkorlik hamda migrasiya bo`ladi.