“O`zbekiston havo yo`llari” MAK 2017 yilning yoz oylarida Toshkent-Burgas-Toshkent va Toshkent-Barselona-Toshkent yo`nalishlari bo`yicha charter parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirdi.
Ushbu charter aviaparvozini amalga oshirishdan asosiy maqsad O`zbekistonning sayyohlik salohiyatini Bolgariya va Ispaniyada namoyish etishdan iborat.
2016 yilda kompaniya tomonidan Bolgariya va Maldiv respublikasiga amalga oshirilgan charterning muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi natijasida 2016−2017 yillarning qish mavsumida O`zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar soni ortib, o`zbekistonliklarning yangi sayyohlik yo`nalishlariga qiziqishini oshishiga sabab bo`ldi.
Charter aviaqatnovi – bu mamlakatlar o`rtasidagi do`stona va iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlash imkonini beradi.